Sarboz Dasturiy yechimlar
O'zbekiston biznesi uchun ishlab chiqilgan

Har bir sohaga —
o'z tizimi

Biz biznesni qog'oz va daftardan chiqaramiz. Do'kon, restoran va ombor uchun — Qubix. Umra firmalari uchun esa Sarbon tayyorlanmoqda.

O'rnatish, o'qitish va sozlash — biz tomondan
3ish rejimi: chakana, restoran, ombor
24/7internetsiz ham ishlayveradi
Har 6soatda avtomatik zaxira nusxa
⏸ Kutishda
Mijoz #214:21
4 xil tovar86 400
📱 APK buyurtma
#104214:19
Sotuvchi: Aziz312 000
#104114:03
Sotuvchi: Aziz58 000
Barakot Market
Kassa • Dilshod
🔍 Tovar yoki shtrix-kod
🕘 Tarix
⏻ Seans
Hammasi
Oziq-ovqat
Ichimlik
Xo'jalik
2 ta
Non (patir)
4 000
Qoldiq: 38 ta
KG
Guruch Lazer
18 500/kg
Qoldiq: 124 kg
1 ta
Sut 1 l "Nestle"
12 900
Qoldiq: 46 ta
Yog' 1 l "Oltin"
24 000
Qoldiq: 31 ta
KG
Shakar
13 200/kg
Qoldiq: 87 kg
Choy "Ahmad" 100 g
21 500
Qoldiq: 19 ta
🛍 Savat
Non (patir)
8 000 −2+
Sut 1 l "Nestle"
12 900 −1+
Guruch Lazer
27 750 1.5 kg
Summa:48 650
Chegirma:0
To'lanishi kerak:48 650
✓ To'lov qilish
✈️ Telegramga xabar
Bugungi savdo
4 820 000 so'm · 63 chek
Chek chop etildi
Termal printer · 80 mm

Ikki yo'nalish, bitta mas'uliyat

Restoranga kerak narsa do'konga keraksiz. Shuning uchun har soha uchun alohida tizim yozamiz — universal, lekin hech kimga to'g'ri kelmaydigan dastur emas.

🛒

Chakana savdo

Oziq-ovqat, xo'jalik mollari, kiyim — tez kassa kerak bo'ladigan joylar.

  • Shtrix-kod skaneri — kod o'qilishi bilan savatga tushadi
  • Tarozi yorlig'i (kg bo'yicha) avtomatik o'qiladi
  • Chek chop etish, qaytarish, keshbek
  • Qoldiq har savdoda o'zi kamayadi
  • Nasiya va mijozlar bazasi
🍽️

Restoran va kafe

Stol bilan ishlaydigan, oshxonasi bor obyektlar.

  • Zonalar va stollar, ochiq hisoblar
  • Buyurtma oshxona va bar printeriga alohida ketadi
  • Xizmat haqi (%) va hisobni bo'lish
  • Ofitsiant telefondan buyurtma qabul qiladi
  • Yetkazib berish buyurtmalari alohida panelda
📦

Ombor va optom savdo

Kirim-chiqim va qarz eng muhim bo'lgan joylar.

  • Tovar qabul qilish — avval qoralama, keyin bazaga
  • Ta'minotchi qarzlari: so'mda ham, dollarda ham
  • Nasiya yig'ish — to'lov tarixi va isbot cheki bilan
  • Kun yakuni (Z-hisobot) va Excel jadvallar
  • Muddati tugayotgan tovarlar ogohlantirishi
Haqiqiy dastur ekranlari

Qubix ichida nima bor

Reklama rasmi emas — dasturning o'zidagi ekranlar. Rejimni tanlang va ko'ring.

⏸ Kutishda
Barakot Market
Kassa • Dilshod
Hammasi
Oziq-ovqat
Ichimlik
Non (patir)
4 000
Guruch Lazer
18 500/kg
Sut 1 l
12 900
🛍 Savat

💵 To'lovni qabul qilish

Chek #1043 · 3 xil tovar · Kassir: Dilshod

TO'LANISHI KERAK 48 650
💵Naqd pul
💳Plastik karta
📒Nasiya
🔀Aralash
Mijoz berdi50 000
Qaytim1 350
✓ Sotuvni yakunlash va chekni chiqarish

Kassir bir tugmadan nariga o'tmaydi

To'lov oynasi kassirning eng ko'p ishlatadigan joyi. Shuning uchun bu yerda hech narsa yashirin emas — hamma narsa bitta ekranda.

  • Naqd, karta, nasiya, keshbek va aralash to'lov
  • Qaytim o'zi hisoblanadi — kassir xato qilmaydi
  • Nasiyaga berilsa mijoz va qaytarish sanasi so'raladi
  • Chek darrov termal printerdan chiqadi
  • Savdo shu zahoti ombordan yechiladi va hisobotga tushadi

Uchala rejimda ham bor

Do'kon turi qanday bo'lishidan qat'i nazar, quyidagilar ishlaydi.

📱

Telegram orqali nazorat

Bot va Mini App: bugungi tushum, naqd/karta/nasiya taqsimoti, TOP tovarlar, qarzdorlar ro'yxati va ulardan to'lov qabul qilish — do'konga bormasdan, telefondan.

🛵

Masofadan savdo va yetkazma

Buyurtmani Telegramdan kiritasiz — kassada darrov chiqadi. Kuryer cheki, yo'lkira va "kunlik kassaga qo'shilsinmi" belgisi bilan.

💾

Ma'lumot yo'qolmaydi

Baza har 6 soatda avtomatik zaxiralanadi, kuniga bir marta nusxasi Telegramga yuboriladi. Kompyuter buzilsa ham savdo tarixi qoladi.

🖨️

Printerlar va uskunalar

Termal chek printeri, oshxona/bar printerlari, shtrix-kod skaneri va tarozi yorliqlari — sozlab beriladi.

👥

Xodimlar va rollar

Admin, kassir, omborchi, ofitsiant — har kim faqat o'ziga tegishlisini ko'radi. Android ilova ofitsiant va omborchi telefoniga o'rnatiladi.

🏬

Bir nechta do'kon

Filiallaringiz bo'lsa — har biri o'z bazasi bilan ishlaydi, ma'lumotlar aralashmaydi, siz hammasini bitta joydan ko'rasiz.

Eng ko'p so'raladigan savol

Internet uzilsa savdo to'xtaydimi?

Yo'q. Qubix do'kondagi kompyuterning o'z bazasida ishlaydi — kassa internetsiz ham sotaveradi, chek ham chiqadi. Internet qaytganda o'zgarishlar bulut bilan o'zi tenglashadi va Telegramga xabar yana kela boshlaydi. Ya'ni provayder muammosi sizning savdongizga aylanmaydi.

⚡

Mahalliy baza

Savdo kompyuterning o'zida yoziladi

🔄

Ikki tomonlama sinxron

Bulut bilan o'zi tenglashadi

🔐

Ma'lumot sizniki

Zaxira nusxasi sizning chatingizda

🛠

Yordam yaqin

Savol chiqsa — bir qo'ng'iroq

Yo'nalish 2 · Tez orada

Sarbon — umra firmalari uchun

Ziyoratchilar bilan ishlash do'kon savdosiga o'xshamaydi: bu yerda guruhlar, reyslar, bo'lib-bo'lib to'lovlar va hujjatlar bor. Shuning uchun Qubix'ga qo'shimcha emas, alohida tizim tayyorlanmoqda. Qiziqsangiz — hoziroq yozing, tayyor bo'lganda birinchilardan bo'lib sinab ko'rasiz.

Rejadagi imkoniyatlar

  • Ziyoratchilar bazasi: pasport ma'lumotlari va hujjatlar
  • Guruhlar, reyslar va sanalar bo'yicha taqsimlash
  • To'lovlar: bo'lib to'lash, qoldiq qarz, avtomatik eslatma
  • Mehmonxona va transport xarajatlari hisobi
  • Har guruh bo'yicha foyda-zarar hisoboti
  • Telegram orqali mijozga xabar va rahbarga xulosa

Qubix qanday boshlanadi

Odatda bir kunda ishga tushadi.

1

Bog'lanasiz

Do'koningiz turi va hozirgi ishlash tartibingizni so'raymiz, imkoniyatlarni ko'rsatamiz.

2

O'rnatamiz

Dastur kompyuterga o'rnatiladi, printer va skaner ulanadi, tovarlaringiz bazaga kiritiladi.

3

Xodimlarni o'qitamiz

Kassir va omborchi ishlashni o'rganadi, siz Telegramdan kuzatishni.

4

Yordam beramiz

Savol chiqsa — bog'lanasiz. Yangilanishlar va sozlashlar davom etadi.

Demo bepul

Qaysi yo'nalish qiziqtirayotganini yozib qoldiring — do'koningiz uchun Qubixni ko'rsatamiz va narxini aytamiz, umra firmasi bo'lsangiz Sarbon ro'yxatiga qo'shamiz.